Directory

Vikipediya:Shaxsiy adovatdan saqlaning - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Shaxsiy adovatdan saqlaning

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hech qachon Vikipediyada shaxsiy adovatga yoʻl qoʻymang. Muallif emas, kontent mazmuni haqida fikr bildiring. Har qanday adovat Vikipediya hamjamiyatiga va yaxshi ensiklopediya yaratish uchun zarur boʻlgan hamkorlik muhitiga zarar yetkazadi. Foydalanuvchilar haqida yozilgan kamsituvchi izohlar boshqa foydalanuvchilar tomonidan olib tashlanishi mumkin. Takrorlangan va ogʻir haqoratlar bloklanish yoki butunlay chetlatilishga sabab boʻladi.

Shaxsiy adovat qanday koʻrinishda boʻladi?

[manbasini tahrirlash]

Konstruktiv muhokamadan farqli oʻlaroq, shaxsiy adovatlar haqida obyektiv va ochiq talqin qilinmaydigan qoidalar yoʻq. Ammo ayrim izohlar hech qachon toqat qilinmaydi:

  • Boshqa foydalanuvchilar va guruhlarga nisbatan irqi, jinsi, genderi, jinsiy orientatsiyasi, yoshi, diniy yoki siyosiy qarashlari, nogironligi, millati va shu kabi jihatlarga asoslangan haqoratomuz, tuhmatli va kamsituvchi izohlar. Din, irq, jinsiy orientatsiya, gender identifikatori, nogironlik yoki etnik kelib chiqishi boʻyicha kelishmovchiliklar haqoratli izohlar uchun bahona boʻla olmaydi.
  • Birovning qiziqishlari va gʻoyaviy mansubligidan ad hominem sifatida foydalanish, keltirilgan vajlarga koʻpchilik ishonish ishonmasligidan qatʼiy nazar, qarashlarni haqorat qilish va obroʻsizlantirish hisoblanadi. '„'Siz temiryoʻlchisiz-ku, moda haqida nimaniyam bilardingiz?“ bunga misol boʻlishi mumkin. Eʼtibor bering, foydalanuvchining muayyan maqola yoki mavzu boʻyicha fikrlarini soʻroq ostiga olish shaxsiy adovat emas; lekin, foydalanuvchining real hayotdagi shaxsiyati haqida spekulyatsiya qilish, uning izidan tushish — foydalanuvchiga nisbatan tuhmatni anglatadi.
  • Birovning siyosiy mansubligidan ad hominem sifatida foydalanib qarashlarini rad etish va yerga urish, foydalanuvchini oʻng yoki soʻllikda ayblash ham qatʼiyan taqiqlanadi. Modomiki tahrir va munozara jarayoniga salbiy taʼsir koʻrsatmas ekan, har kim shaxsiy siyosiy qarashlarga egalik qilishga haqlidir.
  • Tashqi kelishmovchiliklar, taqib va boshqa materiallar orqali foydalanuvchilarning shaxsiyatiga hujum qilish.
  • Foydalanuvchilarni fashistlar, kommunistlar, terroristlar, diktatorlar va boshqa gʻarazli shaxs va guruhlarga qiyoslash
  • Shaxsiy xatti-harakatlarga oid asossiz ayblovlar keltirish. Unutmang, jiddiy ayblovlar jiddiy dalillarni talab qiladi.
  • Shu jumladan, quyidagi kabi tahdidlar:
    • Huquqiy chora koʻrish („Sudda gaplashamiz“; „militsiyaga beraman“)
    • Zoʻravonlik tahdidlari va boshqa vikidan tashqari harakatlar (ayniqsa, oʻlim tahdidlari)
    • Boshqa vikipediya foydalanuvchilarini hukumat, ish beruvchilar yoki boshqa shaxslar tomonidan taʼqib qilinishiga olib keluvchi harakatlar. Bunday qoida buzilishlari Vikipediya adminstratorlari tomonidan tezda aniqlanib, uzoq muddatlik bloklanishga sabab boʻladi. Ushbu qoida buzulishiga qarshi chora qoʻllagan adminstratorlar Arbitraj qoʻmitasi aʼzolariga maxfiy ravishda chora tafsilotlarini yetkazishlari kerak.
    • Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini ochiqlash bilan tahdid qilish.

Bu misollar hammasi emas. Foydalanuvchini kamsituvchi izohlar, qanday uslubda aytilishidan qatʼiy nazar, shaxsiy adovat deb hisoblanadi va qarshi chora koʻrilishiga olib keladi. Maqola muallifiga emas, maqolaning mazmuniga fikr bildiring.

Nega shaxsiy adovatlar zararli

[manbasini tahrirlash]

Shaxsiy adovat munozara sahifalaridagi muhokamani maqola emas muayyan shaxsga qaratadi. Bunday kelishmovchiliklar foydalanuvchilar oʻrtasida qarshi taraflarni vujudga keltirib, Vikipediyadaning hamjihatlik tamoyilida ishlashni murakkablashtiradi.